Neyroonkologik bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda intrakranial bosimni barqarorlashtirishda deksmedetomidinning roli
Основное содержимое статьи
Аннотация
Kirish: Miya o‘smalarini olib tashlashdan so‘ng intrakranial bosimni nazorat qilish neyroonkologik bemorlarda asosiy klinik vazifalardan biridir. Deksmedetomidin simpatolitik va neyrohimoya qiluvchi ta’siri orqali bu jarayonda ijobiy rol o‘ynashi mumkin.
Maqsad: Tadqiqot deksmedetomidinning intrakranial bosimni boshqarishdagi va umumiy ahvolni yaxshilashdagi samaradorligini baholashga qaratilgan. Shuningdek, sedatsiya sifati, sun’iy nafas olish zaruriyati va GNSH shkalasi bo‘yicha natijalar ham o‘rganildi.
Materiallar va metodlar: 2022–2025 yillarda kraniotomiya qilingan 84 neyroonkologik bemorning retrospektiv ma’lumotlari tahlil qilindi. Ular DEX bilan sedatsiya olganlar va propofol/midazolam olgan nazorat guruhiga ajratildi.
Natijalar: DEX guruhi bemorlarida intrakranial bosim pastroq, sun’iy nafas olish muddati qisqaroq bo‘ldi (p < 0.05). GNSH farqi sezilmagan, lekin bradikardiya holatlari ko‘proq kuzatildi.
Xulosa: Deksmedetomidin neyroonkologik bemorlarni operatsiyadan keyingi boshqaruvida intrakranial bosimni barqarorlashtiruvchi va sedatsiya sifatini yaxshilovchi vosita sifatida samaralidir. Uning keng joriy etilishi reanimatsiya amaliyotini optimallashtiradi.
Информация о статье

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NoDerivatives» («Атрибуция — Без производных произведений») 4.0 Всемирная.