TIREOTOKSIKOZLARNI TASHXIS VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI (adabiyot sharhi)

Основное содержимое статьи

Kuvandikov G`.B.

Аннотация

Kirish. Tirotoksikoz — qalqonsimon bez gormonlarining ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq endokrin kasallik bo‘lib, turli etiologiyalarga ega. U erta tashxis va to‘g‘ri davolashni talab qiladi, chunki asoratlari yurak, suyak va nerv tizimiga zarar yetkazishi mumkin.


Tadqiqot maqsadi. Maqola tirotoksikozning zamonaviy tashxis va davolash usullarini tahlil qilish, shuningdek, klinik amaliyotda qo‘llaniladigan algoritmlarni yoritishni maqsad qiladi. Bundan tashqari, terapevtik yondashuvlarning samaradorligi va xavfsizligini baholash ko‘zda tutiladi.


Materiallar va usullar. Tashxis klinik belgilar, laborator ko‘rsatkichlar (fT4, fT3, TSH) va instrumental usullar (UZI, sintigrafiya, MRT) asosida olib boriladi. Bemorlarning yoshiga va simptomatik og‘irligiga qarab antitiroid dorilar, radioaktiv yod yoki jarrohlik yondashuvi tanlanadi.


Natijalar. Kombinatsiyalangan diagnostika usullari tirotoksikoz shakllarini aniqlash va to‘g‘ri davolashni tanlash imkonini beradi. Karbimazol va radioyod terapiyasi yuqori samaradorlik ko‘rsatib, bemorlarning aksariyatida remissiyaga erishiladi.


Xulosa. Tirotoksikozni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuvlar individual va bosqichma-bosqich bo‘lishi kerak. To‘g‘ri tanlangan terapevtik strategiya yordamida og‘ir asoratlar va qaytalanishlar oldi olinadi.

Информация о статье

Как цитировать
Kuvandikov G`.B. (2025). TIREOTOKSIKOZLARNI TASHXIS VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI (adabiyot sharhi). Medical Research Journal, 1(1), 278–285. извлечено от https://mrjedu.com/index.php/mrjedu/article/view/72
Раздел
Articles

Похожие статьи

1 2 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.