Jigarning noalkogol yog'li kasalligini zamonaviy davolash tamoyillari

Основное содержимое статьи

Farida Xudoyqulova

Аннотация

Bundan 40 yil avval jigarning noalkogol yog‘li kasalligi (JNAYOK) tashxisi hozirgi kundagidek keng tarqalmagan edi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining to‘rtdan bir qismi JNAYOKdan aziyat chekadi. Bundan tashqari, bu kasallik nafaqat kattalarda, balki bolalarda ham kuzatiladi, chunki kichik (40-70%) va katta (17%) maktab yoshidagi bolalarda semizlik faol rivojlanmoqda. Boshqa kasalliklar orasida JNAYOK Yevropa mamlakatlarida aholining 20-30%, AQSHda - 20-46%, Osiyo mamlakatlarida - 12-27,3% ni tashkil etadi. Bu patologiya bir-birini ketma-ket almashtiradigan bir nechta mustaqil kasallik turlarini o‘z ichiga oladi: jigar yog‘li steatozi, noalkogol steatogepatit (NASG), jigar fibrozi, jigar sirrozi va uning asorati sifatida gepatotsellyulyar karsinoma rivojlanishi.


JNAYOKni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri davolash muammosi klinik belgilarning yo‘qligi va natijada bemorlarning hayot tarzini o‘zgartirish va dori-darmonlar bilan davolanishga yetarli darajada intilmasligi tufayli juda dolzarb hisoblanadi. Biliar sladj Yevropa gastroenterologlar ilmiy jamiyati tomonidan o‘t-tosh kasalligining yashirin (toshsiz) bosqichi sifatida qaraladi - bu kasallikning terapevtik davolanishi kerak bo‘lgan yagona bosqichidir.

Информация о статье

Как цитировать
Xudoyqulova, F. (2025). Jigarning noalkogol yog’li kasalligini zamonaviy davolash tamoyillari. Medical Research Journal, 1(1), 55–63. извлечено от https://mrjedu.com/index.php/mrjedu/article/view/21
Раздел
Articles

Похожие статьи

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.