Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda raqamli rentgenografiya va sun’iy intellekt: kardioreabilitatsiyaning samaradorligini masofadan baholash
Main Article Content
Abstract
Surunkali yurak yetishmovchiligi nogironlik va o‘lim darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanuvchi zamonaviy sog‘liqni saqlashning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu tadqiqotdan maqsad surunkali yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda kardioreabilitatsiya samaradorligini masofadan turib baholashda raqamli rentgenografiya va sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotda ko‘krak qafasi rentgenogrammalarini avtomatlashtirilgan tahlil qilish uchun neyron tarmoqlarga asoslangan algoritmlardan foydalanildi. Bunda kardiotorakal indeks, o‘pkadagi dimlanish, interstitsial o‘zgarishlar va yurak soyasining dinamikasi kabi ko‘rsatkichlar baholandi.
Natijalar sun’iy intellektga asoslangan tahlil diagnostika aniqligini oshirishi, subyektiv xatoliklarni kamaytirishi va kasallik dinamikasini erta aniqlash imkonini berishini ko‘rsatdi. Teletibbiyot platformalari yordamidagi masofaviy monitoring bemorlar holatini uzluksiz kuzatib borish, davolash jarayoniga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish va ularning qayta kasalxonaga yotqizilishi holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, raqamli rentgenografiya, sun’iy intellekt va teletibbiyot integratsiyasi kardioreabilitatsiya samaradorligini oshirish hamda surunkali yurak yetishmovchili prognozini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Article Details

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.