KIMMERLE KRANIOVERTEBRAL ANOMALIYASI: KLINIK-PATOGENETIK JIHATLAR, DIAGNOSTIKA VA TIBBIY YORDAMNI TASHKIL ETISH MASALALARI
Main Article Content
Abstract
Kimmerle anomaliyasi - atlas umurtqasining orqa qismida umurtqa arteriyasi egati ustida suyak ko‘prigining hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadigan kraniovertebral anomaliya turi hisoblanadi. Ma’lum sharoitlarda ushbu anatomik o‘zgarish kraniovertebral sohada tomir va nerv tuzilmalarining siqilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu anomaliya aholida nisbatan yuqori uchrashiga qaramay, uning klinik ahamiyati bahsli bo‘lib qolmoqda, chunki aksariyat hollarda u simptomlarsiz kechadi va tasodifan radiologik tekshiruvlar vaqtida aniqlanadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi Kimmerle anomaliyasi bo‘lgan bemorlarda diagnostika, klinik namoyon bo‘lishlar va davolash yondashuvlarining yetarliligini kompleks klinik va instrumental tekshiruvlar asosida baholashdan iborat edi. Tadqiqotga rentgenologik jihatdan tasdiqlangan Kimmerle anomaliyasi bo‘lgan 62 nafar bemor kiritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, holatlarning taxminan uchdan ikki qismida Kimmerle anomaliyasi klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan tasodifiy topilma hisoblanadi. Klinik simptomlar bilan kechuvchi shakllar kamroq uchrab, asosan vertebrogen og‘riq sindromlari, vestibulyar va vegetativ buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Umurtqa arteriyasiga gemodinamik jihatdan ahamiyatli ektravasal bosim faqat cheklangan miqdordagi bemorlarda aniqlangan. Olingan natijalar Kimmerle anomaliyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda individual va multidisiplinar yondashuv zarurligini tasdiqlaydi.
Article Details

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.